
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 6-20 sentyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati bahslariga 22 nafar futbolchi bilan yo'l oladi.
Avvalroq xabar berganimizdek O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Osiyo Chempionatiga jo'nab ketish oldidan 25-31 avgust kunlari Malayziyada yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in davomida esa, 26 va 28 avgust kunlari Malayziya U-16 o'smirlar termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Malayziyadagi yig'in yakuniga etgach, terma jamoa Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun u yerdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, Tailandda bo'lib o'tadigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Nepal, Kuvayt va KXDR o'smirlar terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.
O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasining Osiyo Chempionatida ishtirok etadigan tarkibi:
# | Futbolchi | T.Y. | Klub |
Darvozabonlar | |||
1 | Ergashev Umid | 1998 | Nasaf |
2 | Xodjaev Akrom | 1998 | Bunyodkor |
3 | Shomaqsudov Xojiakbar | 1998 | Spartak |
Himoyachilar | |||
4 | Shoimov Yusuf | 1998 | Paxtakor |
5 | Alijonov Ilhom | 1998 | Nasaf |
6 | Sharipov Raxim | 1998 | Mashal |
7 | Nurmatov Oybek | 1998 | Paxtakor |
8 | Axmadov Jahongir | 1998 | Paxtakor |
9 | Berdiqulov Doston | 1998 | Nasaf |
Yarim himoyachilar | |||
10 | Mahmudhojiev Shoxruh | 1998 | Paxtakor |
11 | Qurbonov Ozod | 1998 | Paxtakor |
12 | Xoshimov Doniyor | 1998 | Paxtakor |
13 | Kenjaboev Islom | 1998 | Nasaf |
14 | Murtazaev Bakir | 1998 | Mashal |
15 | Nurulloev Suhrob | 1998 | Paxtakor |
16 | Mo'yinov Feruz | 1998 | Buxoro |
17 | Jumaev Maruf | 1998 | Bunyodkor |
18 | Abramov Saveliy | 1998 | Paxtakor |
Hujumchilar | |||
19 | Ko'chimov Jonibek | 1998 | Samarqand |
20 | G'anijonov Abdug'ani | 1998 | Paxtakor |
21 | G'aniev Aziz | 1998 | Nasaf |
22 | Holiqov Xudoyberdi | 1998 | Nasaf |