Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bugun yig'in davomidagi o'zining ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Mochinov shogirdlari ushbu uchrashuvda Malayziya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi to'p surishdi va 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi. Malayziyalik yoshlar har ikki bo'limda ikkitadan to'p kiritib, yakunda g'alaba qozonishdi.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Mochinov shogirdlari yig'in davomidagi ikkinchi uchrashuvini 28 avgust kuni o'tkzadi. Shu kuni O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga Malayziya U-16 o'smirlar terma jamoasi raqiblik qiladi.
Malayziyadagi yig'in 31 avgust kuni yakuniga etadi va terma jamoa Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun u yerdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.