Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bugun rejaga ko'ra yig'in davomidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini Malayziya U-16 o'smirlariga qarshi o'tkazdi.
"PJM" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuvda, terma jamoa bosh murabbiyi avvalgi uchrashuvdagi tarkib bilan taqqoslaganda ikkita o'zgartirishni amalga oshirdi. Mochinov shogirdlari uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq hisobni ochishga erishdi. Birinchi bo'lim so'ngida esa O'zbekiston o'smirlari ikkinchi golni kiritishdi va tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi. Ikkinchi bo'limda esa jamoalar bittadan to'p kiritishdi va uchrashuv 3:1 hisobida o'zbekistonlik o'smirlar g'alabasi bilan yakunlandi.
Ma'lumot uchun, Malayziyadagi yig'in 31 avgust kuni yakuniga etadi va shundan so'ng terma jamoa Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun u yerdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Nepal, Kuvayt va KXDR o'smirlar terma jamoalariga qarshi to'p suradi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
28 avgust, Kuala Lumpur.
"PJM" stadioni
Malayziya (U-16) - O'zbekiston (U-16) 1:3
Gollar: Akram Naji (47) - Jonibek Ko'chimov (8, penalti, 65), Islom Kenjaboev (41).
O'zbekiston (U-16): A. Xodjaev, I. Alijonov (s), O. Qurbonov, D. Berdiqulov, O. Nurmatov (M. Jumaev 72), J. Ahmadov (S. Abramov, 64,), SH. Maxmudxojiev, I. Kenjaboev (), J. Ko'chimov, R. Sharipov (B. Murtazoev 56), A. G'aniev (A. G'anijonov (80)