Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi bugun rejaga ko'ra yig'in davomidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini Malayziya U-16 o'smirlariga qarshi o'tkazadi. "PJM" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 16:45da boshlanadi.
Ma'lumot uchun, Malayziyadagi yig'in 31 avgust kuni yakuniga etadi va shundan so'ng terma jamoa Osiyo Chempionatida ishtirok etish uchun u yerdan to'g'ri Tailandga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati 6-20 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi. Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Nepal, Kuvayt va KXDR o'smirlar terma jamoalariga qarshi to'p suradi