O'zbekiston terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2015, 18:03
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 24 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:20da yurtimizga qaytib keldi.
O'FF rasmiy tvitteri xabariga ko'ra Eldorbek Suyunov, Shuhrat Muhammadiev, Farrux Sayfiev (uchalasi "Nasaf"), Anzur Ismoilov ("Chanchun Yatai"), Azizbek Haydarov ("Al Shabab") o'z klublari ixtiyorida qolishdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Avstraliyadagi Osiyo Kubogida chorak finalda Janubiy Koreyaga mag'lub bo'lib musobaqani tark etgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia