

Darvozabon O'tkir Yusupov, himoyachilar Husniddin Aliqulov, Abduqodir Husanov, yarim himoyachi Diyor Xolmatov va vinger Jaloliddin Masharipov jarohat bois qaydnomaga kiritilmagan.
CAFA Nations Cup musobaqasida ishtirok etganlardan esa Abdulla Abdullaev, Umar Eshmurodov, Dilshod Komilov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Aziz Turg'unboev, Alisher Odilov, Ruslan Jiyanov va Husayn Norchaev terma jamoaga jalb etilmagan.
Eslatib o'tamiz, milliy jamoa 9 oktyabr kuni Toshkentda Kuvayt bilan, 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay terma jamoasi bilan bahs yuritadi.



