O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Kongo DR termasi ustoziga aylanishi mumkin

Sherzod Nurmatov
13 may 2021, 02:07
Milliy termamizning argentinalik sobiq ustozi Ektor Kuper Kongo Demokratik Respublikasini boshqarishga yaqin.

Bu haqda Janubiy Amerika nashrlari xabar tarqatdi.

Ma'lumot uchun, 65 yoshli taniqli mutaxassis 2018 yilning avgustidan 2019 yilning sentyabr oyiga qadar O'zbekiston terma jamoasiga ustozlik qilgan. 

Shuningdek, u "Malorka", "Valensiya", "Inter", "Betis" va "Parma" klublarida, Gruziya hamda Misr terma jamoalarida faoliyat yuritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: infobae.com