O'zbekiston terma jamoasi shifokori samolyotda 90 yoshli insonning hayotini saqlab qoldi
Administrator
29 mar 2023, 20:10
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonida o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib, Toshkentga qaytib keldi.
Jiddadan uchgan samolyot bortida 90 yoshli erkak kishi o'zini yomon his qilgan. Samolyot uchuvchisi shifokor kerakligi haqida e'lon bergan va O'zbekiston terma jamoasi shifokori Alisher Aripov darhol unga yordam bergan.