O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
3 sen 2020, 21:52
O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishidan xabaringiz bor.

Erondan tashqari terma jamoamiz BAA terma jamoasi bilan ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishgan. Bu haqda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Tojikistonga qarshi kechgan bahsdan keyingi matbuot anjumanida ma'lum qildi: 

Oktyabr oyida yig'in o'tkazamiz. Eron bilan o'rtoqlik uchrashuvini ularning iltimosiga ko'ra oktyabr oyiga ko'chirdik. Bundan tashqari BAA bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishdik. Ammo barchasi o'sha paytda aviaqatnovlarga bog'liq bo'ladi. Adashmasam BAAga qatnovlar yo'lga qo'yildi, - dedi Abramov. 

Ma'lumot uchun, O'zbekiston BAA bilan 16ta o'yin o'tkazgan. 9ta uchrashuvda arablar g'olib bo'lishgan, 3 bor O'zbekiston g'alaba qozongan. Qolgan 4ta bahsda durang qayd etilgan.

So'nggi bor bu jamoalar 2017 yil noyabr oyida Al-Aynda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgandi. O'shanda mezbonlar Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi terma jamoamizni 1:0 hisobida g'alaba mag'lub etishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia