O'zbekiston terma jamoasi ilk bor Afrika qitasi jamoasini mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2016, 22:03
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Uchrashuvda Egor Krimec tomonidan urilgan gol O'zbekistonga g'alaba keltirdi - 1:0. Shunday qilib, O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Afrika qitasi jamoasi ustidan g'alabaga erishdi.

1995 yilda jamoamiz Afro-Osiyo kubogi doirasida Nigeriyaga qarshi ikkita o'yin o'tkazgan edi. O'sha uchrashuvlarning ikkalasida ham afrikaliklar (Toshkentda 3:2, Nigeriyada 1:0) g'alabaga erishishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia