

Terma jamoa delegaciyasi kecha Toshkent-Moskva-Myunxen yo'nalishi bo'yicha uchib ketgandi. O'zbekiston terma jamoasining yig'ini o'tadigan Avstriyaning Kapfenberg shahri Germaniyaning Myunxen shahriga yaqin (402 km). Shu bois delegaciya yakuniy manzilga avtobusda yetib boradi.
Eslatib o'tamiz, Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa 22 iyulga qadar Avstriyada yig'in o'tkazadi.



