

O'zbekiston – Suriya o'rtoqlik o'yini uchun chiqarilgan chiptalar ertaga 29 avgustdan sotuvga chiqadi. Chiptalar narxi toifasiga qarab 20 ming, 25 ming va 50 ming (CIP) so'mni tashkil qiladi.
O'rtoqlik o'yini uchun chiptalarni muxlislar “Milliy” stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, futbol ishqibozlariga qulaylik yaratish maqsadida odam ko'p yig'iladigan joylar - bozorlar, savdo majmualari oldida sayyor kassalar tashkil qilinishi rejalashtirilgan.



