Jahon universiadasida bu yil dunyoning 162 mamlakatidan 10 mingdan ziyod talaba-sportchi 27 sport turi bo'yicha 351 medallar jamlanmasi uchun kurashdi. Ishtirokchilar orasida Olimpiya o'yinlari, jahon va qita chempionatlarida mahorat ko'rsatgan sportchilarning ko'pligi bellashuvlarning keskin va murosasiz o'tishiga xizmat qildi.
Ushbu nufuzli musobaqada Vatanimiz sharafini boks, belbog'li kurash, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, dzyudo, sambo, og'ir atletika, erkin va yunon-rum kurashi va engil atletika bo'yicha jami 55 nafar talaba-sportchi himoya qildi. Ularning aksariyati Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan yo'lga qo'yilgan uch bosqichli uzluksiz sport tizimi – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada musobaqalarida kashf etilgan yoshlardir.
Davlatimiz rahbarining 2013 yil 25 fevralda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlariga tayyorlashga oid qaroriga muvofiq mamlakatimiz atletlari mazkur musobaqalarga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. “Jahon universiadasi – 2013” sport musobaqalari ana shunday tayyorgarlik bosqichi vazifasini o'tadi. Unda qator sport turlari bo'yicha mutaxassis va murabbiylar bo'lajak Olimpiada yo'llanmalari uchun kurashadigan sportchilarimizning imkoniyati va salohiyatini sinovdan o'tkazdi.
Talabalar musobaqasida qo'lga kiritilgan medallarning aksariyati Olimpiya sport turlari bilan shug'ullanayotgan yoshlarimiz hissasiga to'g'ri keldi. Ayniqsa, og'ir atletika musobaqalarida 105 kilogramm vazn toifasida Ruslan Nuriddinov Jahon universiadasining ikki rekordini yangilab, oltin medalga sazovor bo'lgani, yosh atletlarimiz Ulug'bek Alimov kumush, Manzuraxon Mamasolieva bronza medalni qo'lga kiritgani o'zbek og'ir atletika maktabining yuqori salohiyatini ko'rsatdi.
To'qqiz bokschimizdan sakkiz nafari medal bilan taqdirlangani ham ushbu sport turi bo'yicha Olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni to'g'ri tashkil etilganini ko'rsatdi. Bugun yurtimizda ko'plab istedodli bokschilar tarbiyalanib, ularning eng kuchlilari terma jamoaga jalb etilayotgani O'zbekiston boks federatsiyasining eng katta yutuqlaridandir. Ana shunday yoshlardan Hasanboy Do'smatov 49 kilogramm vazn toifasida Universiada chempioni bo'ldi.
Bokschilarimizdan Fazliddin G'oyibnazarov, Xurshidbek Normatov, Azizbek Abdug'ofurov, Rustam To'laganov kumush, Elshod Rasulov, Jasurbek Latipov va Mirzohid Abdullaev bronza medalni qo'lga kiritdi.
Dzyudo bahslarida Yahyo Imomov kumush, Soyib Qurbonov bronza medal sohibi bo'ldi. Kanoeda eshkak eshish bo'yicha Mirziyod Hojiev, Murodjon Azmetov, Eldor Qayumov va Dilshod Yo'ldoshevdan tarkib topgan jamoamiz 500 metr masofaga o'tkazilgan poygada marraga uchinchi keldi.
Olimpiya dasturiga kirmagan sport turlari bo'yicha ham ko'plab medallar jamg'arildi. Yaqinda Buxoroda o'tgan Universiada g'olibi Zaylobiddin Ortiqov belbog'li kurashning klassik yo'nalishida kumush, erkin usuldagi bahslarda bronza medal oldi. Belbog'li kurashning erkin yo'nalishida Nozimjon Ibrohimjonov va Zamiraxon Ahmedova, sambo musobaqalarida Suhrob Ostonaev shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarildi.
Umuman olganda, XXVII Jahon universiadasi O'zbekiston sportchilari uchun muvaffaqiyatli bo'ldi. Yozgi Universiadalardagi ishtirokini 1999 yildan boshlagan hamyurtlarimiz Ispaniya, Xitoy, Tailand va Janubiy Koreyada o'tgan avvalgi o'yinlarda to'rttadan oltin, kumush va bronza, jami 12 medal jamg'argan edi. Bu ko'rsatkichlarni joriy yilgisi bilan qiyoslasak, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir yoshlar safi tobora kengayib borayotgani, nufuzli musobaqalardagi medallarimiz soni va salmog'i ortayotgani namoyon bo'ladi.
XXVII Jahon universiadasida ishtirok etgan 162 mamlakatdan 92 tasining sportchilari sovrinlardan bebahra qoldi. Ular orasidan oltin medalni qo'lga kiritganlar yanada kam – 42 tani tashkil etdi.
Xususan, jahon sportida yuqori o'rinlarni egallab kelgan mamlakatlardan Universiada o'yinlariga 70 nafar sportchisini safarbar qilgan Shveytsariya ikkita, 82 nafar vakil bilan qatnashgan Turkiya jami ettita medal bilan kifoyalandi.
O'zbekiston sportchilari esa qizg'in o'tgan musobaqalarda 2 oltin, 7 kumush va 10 bronza, jami 19 medal jamg'ardi. Bu ko'rsatkichlar bo'yicha vakillarimiz Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari orasida oltinchi, Osiyo vakillari o'rtasida ettinchi natijani qayd etdi.
Navbatdagi Jahon universiadasi 2015 yil Janubiy Koreyaning Kvandju shahrida o'tkaziladi.