O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi. O'yinni kim boshqarib borishi ma'lum bo'ldi
Aziz Tukhtamuradov
25 mar 2022, 08:48
Bugun O'zbekiston terma jamoasi "Navruz Cup-2022" doirasida Qirg'iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
O'FA matbuot xizmati xabariga ko'ra, soat 19:00da boshlanadigan uchrashuvni tojikistonlik Nasrullo Kabirov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ismoil Nuraliev va Vafo Karaev yordam beradi. Sayyodjon Zayniddinov esa zaxira hakami sifatida ishlaydi.