O'zbekiston – Qatar uchrashuvini turkmanistonlik hakamlar boshqarishadi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2018
Bugun, 16 oktyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ushbu uchrashuvni turkmanistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Chorimurod Qurbonov. Unga qanotlarda Axmet Beknazarov va Berdimamet Atdiev assistentlik qilishadi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati saytimizga ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu hakam 6 sentyabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston - Suriya uchrashuvida ham ishlagandi.


O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Qatar
Soat 19:00, "Milliy" stadioni
Bosh hakam: 
Chorimurod Qurbonov (Turkmaniston)
Yon hakamlar: Axmet Beknazarov, Berdimamet Atdiev (Turkmaniston)
To'rtinchi hakam: Jasur Muxtorov (O'zbekiston)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia