O'zbekiston OTJ Toshkentda yig'inga kirishdi

Tolibjon Qosimov
17 may 2018
Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun, 17 may kunidan boshlab 23 nafar futbolchidan iborat tarkib bilan yig'inga kirishdi.

Ushbu yig'in davomida olimpiyachilarimiz “Chig'atoy” sport bazasida yashab, “Bunyodkor” stadionida mashg'ulot olib boradilar.

Terma jamoamiz vakillari yig'in davomida trenajer zalida mashg'ulot o'tkazishadi, murabbiylardan turli nazariy hamda taktik ko'rsatmalar olishadi, so'ngra bevosita stadionda mashg'ulotni davom ettirib, nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan.

Ushbu yig'in 20 may kuniga qadar davom etadi. Quyida yig'inda ishtirok etayotgan olimpiya terma jamoasi vakillari bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar:

Hamroev Umidjon - "Paxtakor"
Muhammadjonov Mashhur - "Nasaf"
Jo'raev Hojiakbar - "Paxtakor"

Himoyachilar:
Ochilov Rahmon – "Buxoro"
Aliqulov Muhammad – "Sho'rtan"
G'ofurov Husniddin – "Neftchi"
O'lmasaliev Avaz – "Neftchi"
Yo'ldoshev Ibrohim – "Paxtakor"
Nasrullaev Sherzod – "Nasaf"
Hoshimov Doniyor – "Metallurg"
Salimov Alisher – "Paxtakor"

Yarim himoyachilar:
Izzatov Suhrob –"Bunyodkor"
Ismoilov Abrorbek – "Neftchi"
Umirov Davron – "Bunyodkor"
Toshqo'ziev Abror – "Metallurg"
Ibrohimov Doston – "Paxtakor"
Rashidxonov Islom – "Nasaf"
To'xtasinov Nurillo – "So'g'diyona"
Ahmadov Jahongir – "Paxtakor"
Qodirqulov Sanjar – "Bunyodkor"

Hujumchilar:
Abdusalomov Jahongir –"Bunyodkor"
Amonov Azizbek – "Lokomotiv"
Temirov Sherzod – "Nasaf"


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com