O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining Turkiyadagi yig'inda ishtirok etadigan tarkibi ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
3 fev 2023, 18:53
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 4-18 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi.

Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari yig'in doirasida Marokash, Chexiya Respublikasi va Avstraliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Bosh murabbiy tomonidan mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar: Asilbek No'monov ("Nasaf"), Muhammadyusuf Sobirov ("Bunyodkor"), Jahongir Mamatqulov ("Qizilqum")

Himoyachilar: Behruz Jumatov ("Odil Junior"), Muhammad Bobur Karimov ("Paxtakor"), Sherzod Abdulboriev ("Navbahor"), Ozodbek Sotvoldiev ("Neftchi"), Muhammadalixon Olimov ("Navbahor"), Behruz Shukurullaev ("Odil Junior"), Shohruh Eraliev ("Odil Junior"), Ozod O'ktamov ("Navbahor")

Yarim himoyachilar: Muhammadali Reimov (Toshkent FA), Aminbek Yoqubov ("Lokomotiv"), Ollobergan Karimov ("Bunyodkor"), Azizbek To'lqinbekov ("Bunyodkor"), Abdulhamid Ikromov ("Bunyodkor"), Oybek O'rmonjonov ("Lokomotiv"), Lazizbek Mirzaev ("Lokomotiv")

Hujumchilar: Quvonch Abraev ("Lokomotiv"), Amirbek Saidov ("Bunyodkor"), Shodiyor Shodiboev ("Navbahor"), Abdulhamid Turg'unboev ("SGS Andijon-2"), Oybek Boltaev ("Bunyodkor").

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: UFA