O'zbekiston olimpiya terma jamoasining BAA yig'ini kundaligi: Ikkinchi kun

Alisher
18 dek 2019
Tailandda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati oldidan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yakuniy yig'inni BAAda olib bormoqda.

Kecha terma jamoamiz 2 mahal mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot jarayonlari BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida tashkil etildi. Ko'tarinki ruhda o'tgan mashg'ulotlarda barcha yigitlar birdek mehnat qilmoqda. Bugun esa yig'in doirasidagi ilk nazorat o'yini bo'lib o'tadi. Unda olimpiyachilarimizga BAAning "Al Arabi" klubi raqiblik qiladi.

Quyida kechagi mashg'ulotdan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:  


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz