

Xitoyning Changjou shahrida bo'lib turgan O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi 6 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00da boshlangan mashg'ulotlarda asosan chigalyozdi hamda chiniqish mashqlariga e'tibor qaratdi. Shuningdek, terma jamoa mashg'ulotlar paytida to'p bilan ishlash, jismoniy mashqlarga ham ko'p e'tibor berdi. Havo harorati biroz sovuq bo'lishiga qaramay, mashg'ulotlar samarali tarzda kechdi.
Takidlash lozim, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi OFK tomonidan tasdiqlangan jadval asosida, bugun uchrashuv bo'lib o'tadigan Changjoudagi stadionda rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi. Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi terma jamoa shuningdek, trenajer zallarida jismoniy yuklamalar bo'yicha shug'ullanmoqda.
Ma'lumot uchun, 8 yanvar kuni terma jamoa vakillari ishtirokida turnir oldidan miting hamda terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi.
Changjou, Xitoy.
O'FF matbuot xizmati.



