O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda Misrga qarshi o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2023, 21:00
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi oktyabrda Afrika terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Gap Misr U23 terma jamoasi haqida ketmoqda. Ushbu to'qnashuv 16 oktyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.

Misr Afrika Kubogida finalgacha yetib borib, Parijda bo'ladigan Olimpiada uchun yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgan.

Timur Kapadze shogirdlari Misrga qarshi bahsdan avval 13 oktyabrda Ispaniya yoshlariga qarshi bahs o'tkazadi. Bu bahs ham Toshkentda bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA