Turkiyadagi muxlislar haqida xabar yozmaganimizga ham ancha bo'ldi. Sababi Urugvay bilan bo'lgan uchrashuvdan keyin “tarvuzlarimiz qo'ltig'imizdan tushgandek” edi, shukurkim bu mag'lubiyat Gretsiya bilan bo'lgan o'yindan so'ng huddi trenerskiy taktikadek tuyildi.
Demak yangiliklarga o'tamiz Antaliyadagi uchrashuvdan so'ng aksariyat muxlislar O'zbekistonga qaytib ketishdi. 80ga yaqin vatandoshlarimiz esa Istanbulda yarim final bahsini kutib turishibti alloh nasib qilsa Istanbulda yana birlashamiz, Antaliyadan Gaziantep shahriga faqat avtobusda borsa bo'lar ekan va yo'ldagi vaqt 14 soatni tashkil etadi.
11 kishidan tashkil topgan muxlislar 30 iyun kuni kech soat 19:30da Gaziantepga yo'lga chiqdik va tong soat 9:00da manzilga yetib keldik.
Shahar tog' hududida joylashgan bo'lsada ob-havosi O'zbekistonni eslatadi. Shahar gavjum aksariyat aholi kurd millatiga mansub lekin ko'pchilik turk tilida suhbatlashishar shahar ko'chalarida Suriya raqamlarida harakatlanuvchi avtomashinalar ham uchrab turadi.
Egnimizda O'zbekiston yozuvli futbolkani ko'rgan mahalliy aholi futbol kuni biz albatta sizlarga muxlislik qilamiz Yunonistonni engasiz, deb dalda bo'lishardi, mana hayajon ila kutilgan 2 iyul sanasi ham keldi, soat 15:00 biz joylashgan mehmonxonadan stadionga qadar 1 kilometrlik masofa va biz bu masofani piyoda bosib o'tishga ahd qildik. Barchamiz O'zbekiston ramzlaridagi kiyim boshlarimizni kiyib nog'oralarni chalib stadion sari yo'lga chiqdik, barchasi biz kutgandanda a'lo darajada kechdi Gaziantep ko'chalarida barcha bizni qo'llab-quvvatlardi, avtoulovlar esa tinimsiz signal chalishib bizni olg'a chorlashardi, stadionga kelganimizda ko'plab “Gaziantepspor” muxlislari bizga qo'shilishdi!
Jamoamiz avtobusini qaysi yo'ldan stadionga kirishini bilib oldindan rejalashtirgan eng muhim vazifamizni bajarish harakatini qildik, birinchi bo'lib stadionga greklar avtobusi kirib keldi ularni chiroyli do'stona qarsaklar bilan kutib oldik, oradan 3-4 daqiqa o'tib Vatanimiz jamoasi avtobusi ham kirib keldi. Biz oldindan tayyorlab qo'yilgan biroz qo'pol so'zlar yozilgan bo'lsada YIGITLARNI VATAN UCHUN OLG'A CHORLOVCHI BANNERni ko'tardik va uni deyarli barcha futbolchilar o'qishdi!
Bannyerda Ular bugun 30 000 000 o'zbekistonliklar uchun maydonga tushishlarini anglatuvchi so'zlar va rus tilida "UMRI, NO POBEDI" degan yozuvlar bor edi. Albatta biz bannerimiz ish berdi demoqchi emasmiz!
Esingizda bo'lsa Guanjouda bo'lgan Osiyo o'yinlarida ham olimpiya terma jamoamiz 1/8 finaliga guruhdan 3-o'rin bilan chiqganida xuddi shunga o'xshash banner yozgan edik! Buni ham bir yaxshi niyatda yozdik. O'yin vaqtida esa stadionga tashrif buyurgan turkiyalik muxlislarning barchasi biz bilan birga O'Z-BE-KIS-TON deya jamoamizni qo'llab-quvvatlashdi. BARCHAMIZGA BUYUK G'ALABALARDAN BIRI MUBORAK BO'LSIN !!!
Endi biz 3 iyul kuni Gaziantepdan 600 kilometr uzoqda joylashgan Rizo shahriga yo'l olamiz. U yerda Fransiyaga qarshi 1/4 final uchrashuvida jamoamizning haqiqiy 12-o'yinchisi bo'lishga harakat qilamiz.
Barchangizga xurmat va ehtirom bilan bir guruh O'zbek muxlislari.
Abdurahmon Fozilov Gaziantep shahridan