O'zbekiston MTJning Ar Riyoddagi koronavirus uchun topshirgan test natijalari ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2021, 15:41
O'zbekiston terma jamoasi kecha tunda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahriga yetib borgandi.

"Mana, Ar-Riyodga ham yetib keldik. Kecha – ushbu yig'inga yig'ilganimizdan buyon beshinchi marotaba koronavirusga test topshirdik; barchada natijalar “negative”.

Butun jamomizni yig'indagi so'nggi manzilgacha sog'-salomat etkazgan Robbimizga hamdlar bo'lsin. Salomat ekanmiz qolgani o'z qo'limizda. Barchamizga omad!", - deb yozadi Abror Pirriev telegramdagi o'z kanalida.  


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 7 iyun kuni Singapur, 11 iyun kuni Yaman va 15 iyun kuni Saudiya Arabistoni bilan o'yinlar o'tkazadi.  


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia