O'zbekiston MTJ. Sergeev tuzaldi, Ashurmatov va Aliboev yetib keldi GALEREYA

Narzulla Saydullayev
6 noya 2019, 21:18
Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini davom etmoqda.

Terma jamoamiz bugun ham "Jar" stadionining zaxira maydonida shug'ullandi. Bir kun oldin individual tarzda shug'ullangan Odil Ahmedov umumiy guruhga qaytdi. Shamollab qolgani bois bir necha kun mashg'ulotlarda qatnasha olmagan kecha va bugun Igor Sergeev terma jamoa safida to'liq kuch bilan shug'ullandi. 

Bugun chap qanot himoyachisi Farruh Sayfiev yakka tartibda mashg'ulot o'tkazdi.

Kecha Toshkentga yetib kelgan ikki nafar legionerimiz Ikrom Aliboev va Rustam Ashurmatov ham barcha bilan birga mashg'ulot o'tkazishdi. Yig'inga chaqirilgan 3 nafar legioner Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov va Temurxo'ja Abduxoliqov yaqin kunlarda terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishadi.

6 noyabr kungi mashg'ulotdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling. >>>>> FOTOGALEREYA 

Foto: Tolibjon Qosimov




6 noyabr kungi mashg'ulotdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qiling. >>>>> FOTOGALEREYA 

Foto: Tolibjon Qosimov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia