O'zbekiston MTJ mart oyida Boliviya va Venesuela bilan o'ynaydi
Sherzod Nurmatov
28 fev 2023, 15:12
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Saudiya Arabistonida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi.
O'zbekiston terma jamoasi yig'in doirasida Boliviya va Venesuela terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.