O'zbekiston MTJ Maldiv orollariga qarshi o'yin oldidan navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi+Rustam Ashurmatovdan intervyu

Оқил Абдубарноев
10 iyun 2022, 22:06
O'zbekiston milliy terma jamoasi "Navbahor" zaxira maydonida Maldiv orollariga qarshi o'yin uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi "Navbahor" zaxira maydonida Maldiv orollariga qarshi tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugungi yig'in odatdagidan biroz kechroq, salqin ob-havo sharoitida o'tkazildi. Mashg'ulotlarda barcha futbolchilar to'liq ishtirok etdi. Terma jamoa himoyachisi Rustam Ashurmatov bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- Ertangi o'yinda maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz. Raqibni hurmat qilgan holda o'z o'yinimizni ko'rsatgan holda g'alabaga erishishga harakat qilamiz. 

- Kelgusi bahsda himoyachilarni kamaytirgan holda ko'proq hujumchilarni tarkibda ko'rishimiz mumkinmi? Murabbiy taktik o'zgarishlar qilish niyati bormi?

- Tarkib haqida murabbiy ko'proq bosh qotiradi, shu bois barchasini u hal qiladi. Tarkib qanday bo'lishidan qati nazar, hujumkor o'yin namoyish etishga hamda yirik hisobda zafar quchish uchun borimizni beramiz. 

- Murabbiy raqib jamoaning alohida xususiyatlari haqida ko'rsatmalar berdimi?

- Albatta, barcha raqiblar o'rganilmoqda va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rilmoqda. Bizga video orqali raqib o'yini ko'rsatiladi hamda ularga qarshi qanday o'yin namoyish etish kerakligi to'g'risida ko'rsatmalar beriladi. 

- Jamoa ichidagi muhit qay darajada?

- Jamoada muhit ajoyib, barchamiz bir-birimizni taniymiz. Yig'ilish davomida uchrashganimizda xursand bo'lamiz, hazillar qilamiz.

Bugungi mashg'ulotga oid barcha qiziqarli suratlari GALEREYA bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Foto: Tolibjon Qosimov

Bugungi mashg'ulotga oid barcha qiziqarli suratlari GALEREYA bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin.


O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia