O'zbekiston MTJ lagerida qanday yangiliklar bor?

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2021, 14:48
O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman bilan bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Biz ayni paytda Saudiya Arabistonida bo'lib turgan O'FA matbuot kotibi Davron Fayziev bilan bog'landik.

"Bugun murabbiy va futbolchilar koronavirusga test topshirishdi. Qoidaga ko'ra har 72 soatda test topshirish kerak. Kecha Singapur bilan o'yinda to'liq o'ynagan futbolchilar individiual shug'ullanishgandi. Bugun kechki payt terma jamoamiz a'zolari to'liq tarkib bilan mashg'ulot o'tkazishadi. Jarohat olgan futbolchilar borasida shifokorimiz Abror Pirriev to'liq ma'lumot berib o'tdilar", - deydi O'FA matbuot kotibi Davron Fayziev championat.asia saytiga.

Eslatib o'tamiz, Yaman - O'zbekiston uchrashuvi 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. 


Abror Pirriev: "Singapur bilan o'yinda 4 nafar futbolchimiz jarohat oldi"         

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia