O'zbekiston MTJ Eronga ketishdan oldingi so'nggi mashg'ulotni o'tkazdi + Aliqulov va Eshmurodovdan intervyu

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2024, 19:44
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Eron bilan o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugungi mashg'ulotlar ham "Jar" stadionida bo'lib o'tdi. Turkmaniston bilan o'yinda jarohat olib maydonni tark etgan himoyachi Umar Eshmurodov yana individual tarzda shug'ullandi. Qolganlar umumiy guruhda ishlashdi. 

Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi ertaga, 9 iyun kuni tushda Tehronga jo'nab ketadi. Eronga qarshi bahs 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia