O'zbekiston MTJ a'zosi Eron chempioni bilan shartnoma imzolaydi

Khoja
15 iyul 2025, 07:39
Terma jamoamizning yana bir a'zosi Eron chempionatiga yo'l olmoqda.

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov faoliyatini "Traktorsozi" jamoasida davom ettiradi. Bu haqida totalfut_plus nashri xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, "Traktorsozi" amaldagi Eron chempioni hisoblanadi. 

29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Superliganing 15 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning "qaldirg'ochlar" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: totalfut_plus