O'zbekiston MTJ Avstriyaga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2016
O'zbekiston milliy terma jamoasi Avstriya poytaxti Vena shahriga yetib bordi.

Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa Moskva oraqli Venaga uchdi. Terma jamoa delegaciyasi "Falkensteiner Therme & Golf Hotel Bad Waltersdorf" mehmonxonasiga joylashishdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Kanada uchrashuvi 7 iyun kuni "Termenshtadion" stadionida bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia