O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronga jo'nab ketdi

Narzulla Saydullayev
17 may 2018, 04:04
19 may kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Tehrondagi “Ozodiy” stadionida Eron terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi haqida avval ma'lumot berib o'tgan edik.

Asosan milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan yosh futbolchilardan tashkil topgan milliy terma jamoamiz o'rtoqlik o'yinida maydonga tushish uchun Eronga jo'nab ketdi. Futbolchilarimiz safar oldidan Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida mashg'ulot o'tkazganini ham ta'kidlab o'tish zarur.

Mashg'ulotlarda to'liq tarkib bilan qatnashgan futbolchilarimiz asosan o'rtoqlik o'yinida qo'llaniladigan taktika va ayrim standartlar bo'yicha mashg'ulot olib borishdi. Eronga yetib borgandan so'ng terma jamoamiz vakillari murabbiylar kengashi boshchiligida nazariy mashg'ulotlarga kirishadilar.


O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronga quyidagi tarkibda yo'l oldi:

Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon – Nasaf
Ergashev Botirali – Navbaxor
Davronov Rahimjon – Mashal

Himoyachilar:
Ashurmatov Rustamjon – Bunyodkor
Qobilov Islomjon – Bunyodkor
Komilov Akramjon – Bunyodkor
Tursunov Doston – Neftchi
Alijonov Hojiakbar – Paxtakor
Otaxonov Abbosjon – Metallurg
Narzullaev Doniyor – Nasaf

Yarim himoyachilar:
Hamrobekov Odiljon – Nasaf
G'aniev Azizjon – Nasaf
Sidiqov Javohir – Qo'qon 1912
Turg'unboev Azizbek – Navbahor
Yaxshiboev Jasur – Paxtakor
Masharipov Jaloliddin – Paxtakor
Kenjaboev Islom – Nasaf
G'iyosov Xurshid – Bunyodkor
Sobirxo'jaev Sardor – Bunyodkor

Hujumchilar:
O'rinboev Zabihillo – Metallurg
Sidorov Andrey – Qizilqum

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com