Bir qator ommaviy axboro vositalarida BAA milliy terma jamoasiga qarshi Osiyo Kubogi-2015 saralash uchrashuvi arafasida, 1 mart kuni Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi haqida xabarlar tarqatildi.
O'FF Terma jamoalar markazining ma'lum qilishicha, O'zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yil 1 mart kuni Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqidagi xabarlar asosga ega emas.
O'FF Terma jamoalar markazining qo'shimcha qilishicha, BAAga qarshi o'yin arafasida milliy terma jamoa uchun o'rtoqlik o'yini tashkil etish uchun ishlar olib borilmoqda va, raqib jamoa nomi aniq bo'lishi bilan, bu haqda rasmiy axborot beriladi.