O'zbekiston kubogi: “Chig'atoy” - “Yashnobod” uchrashuvi 16:00da boshlanadi

Narzulla Saydullayev
19 apr 2019, 11:52
Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston kubogi dastlabki saralash bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Unda PRO-liga debyutantlari “Chig'atoy”(Toshkent), “Yashnobod” (Toshkent), “Ittifoq” (Navoiy), “Ittifoq” (Buxoro) jamoalari birinchilardan bo'lib bahslarga kirishadilar.

Musobaqaning 1/32 final bosqichi yo'llanmasi taqdirini hal qiluvchi juftliklar “Chig'atoy” - “Yashnobod”, “Ittifoq” (Navoiy) - “Ittifoq” (Buxoro) jamoalari bahsida aniqlanadi.

“Chig'atoy” - “Yashnobod” jamoalari uchrashuvi bugun, yani 19 aprel soat 16.00 da boshlanadi. O'yin poytaxtimizdagi Respublika oliy futbol mahorati maktabi sun'iy qoplamali stadionida o'tkazilishi belgilangan.

Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, qur'aga ko'ra, “Chig'atoy” - “Yashnobod” juftligi g'olibi O'zbekiston kubogi 1/32 final bosqichida Buxoroning “G'ijduvon” futbolchilari bilan bahs yuritishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: yashnobodnews.uz