

Unda PRO-liga debyutantlari “Chig'atoy”(Toshkent), “Yashnobod” (Toshkent), “Ittifoq” (Navoiy), “Ittifoq” (Buxoro) jamoalari birinchilardan bo'lib bahslarga kirishadilar.
Musobaqaning 1/32 final bosqichi yo'llanmasi taqdirini hal qiluvchi juftliklar “Chig'atoy” - “Yashnobod”, “Ittifoq” (Navoiy) - “Ittifoq” (Buxoro) jamoalari bahsida aniqlanadi.
“Chig'atoy” - “Yashnobod” jamoalari uchrashuvi bugun, yani 19 aprel soat 16.00 da boshlanadi. O'yin poytaxtimizdagi Respublika oliy futbol mahorati maktabi sun'iy qoplamali stadionida o'tkazilishi belgilangan.
Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, qur'aga ko'ra, “Chig'atoy” - “Yashnobod” juftligi g'olibi O'zbekiston kubogi 1/32 final bosqichida Buxoroning “G'ijduvon” futbolchilari bilan bahs yuritishadi.



