

Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.
Eski taqvimga ko'ra, O'zbekiston Kubogining finali dekabrga qolib ketayotgandi. O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig'iga ko'ra, kubok masalasi qayta ko'rib chiqildi va final o'yini 28 oktyabr - yakshanba kuniga tayin qilindi. Katta ehtimol bilan bu vaqtda futbol o'ynash uchun ajoyib ob-havo hukmron bo'ladi. O'FA ham o'z navbatida final o'yinini katta bayram qilib o'tkazishni rejalashtirgan.
Kubokning 1/4 final bosqichi avval belgilangani kabi 12-13 iyul kunlarida emas, balki 17-18 sentyabr sanasida o'tadi. Yarim finallar esa 27 sentyabrga belgilangan. O'zgarishga ko'ra, yarim final bellashuvlari ham qolganlari kabi faqatgina 1ta o'yindan iborat bo'ladi (uy-safar emas). Bu bosqich uchun ham alohida qur'a marosimi bo'lib o'tadi. Mezbon jamoalar nomiga ham qur'a oydinlik kiritib beradi.




