O'zbekiston Kubogi. 1/8 finalga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2019, 19:30
Bugun O'zbekiston Kubogining nimchorak finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu bosqich o'yinlari ham bitta bahsdan iborat bo'ladi. Qur'aga ko'ra "Paxtakor" o'z uyida PRO-liganing "Yashnobod" klubi bilan o'ynaydigan bo'ldi. Amaldagi kubok sohibi AGMK Olmaliqda "Mashal"ni qabul qiladi. 

"Navbahor" va "Neftchi" o'rtasidagi bahs shiddatli o'tishi turgan gap. "Lokomotiv" Termizda "Surxon" mehmoni bo'ladi. "Bunyodkor" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi.


O'zbekiston Kubogi-2019.
Nimchorak final. (3-4 avgust)

"Paxtakor" - "Yashnobod"
"Nasaf" - "Andijon"
AGMK - "Mashal"
"Navbahor" - "Neftchi"
"Surxon" - "Lokomotiv"
"Oq-tepa" - "Ittifoq-N"
"Bunyodkor" - "Qizilqum"
"So'g'diyona" - "Zomin"

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia