O'zbekiston Kubogi. 1/8 finalga chiqqanlar nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2023, 22:07
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan barcha bahslar yakuniga etdi.

Guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.


Guruh g'oliblari: OKMK, "Nasaf", "Bunyodkor", "Turon", "Dinamo", "Olimpik", "Aral", "Xorazm".

Ikkinchi o'rin egalari: "Andijon SGS", "Surxon", "Metallurg", "Buxoro", "Lokomotiv", "Navbahor", "Paxtakor", "Paxtakor-79".


1/8 final uchun qur'a tashlash marosimi 5 iyun kuni 19:30da bo'lib o'tadi. Jarayon "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia