O'zbekiston Hamdo'stlik Kubogi-2014da ishtirok etmaydi, Ummonga 1993 yilda tug'ilgan futbolchilar boradi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2013, 12:36
2014 yilning yanvar-fevral oylarida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etiladigan Hamdo'stlik Kubogi-2014 bahslarida O'zbekiston vakillari ishtirok etmaydi.
O'FF Terma jamoalar markazining ma'lum qilishicha, musobaqa tashkilotchilari taklif bilan chiqishgan. Taklif mamnuniyat bilan kutib olingan, biroq Hamdo'stlik Kubogi-2014 bilan bir vaqtda Ummonda U-22 Osiyo chempionati bahslari o'tkazilayotgani sabab, ushbu taklif o'rganib chiqilishi ma'lum qilingan edi. Biroq Rossiyadagi musobaqaga terma jamoalarni jo'natmaslik qaror qilindi.

Eslatib o'tamiz, Ummonda bo'lib o'tadigan U-22 Osiyo Chempionati bahslarida bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov qo'l ostidagi, 1993 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ishtirok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com