O'zbekiston futbolchilar Uyushmasi klublarni ogohlantiradi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2021, 21:13
O'FA tomonidan Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaning 2021 yil 5 fevral kungi qaroriga ko'ra 2019-2020 yilgi mavsumda PFL oldidagi qarzdorliklari tufayli bir qator klublarga 2021 yilgi mavsum uchun xorijiy murabbiy va futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqi qo'yilgan.

Shunga qaramay "Buxoro" futbol klubi kecha serbiyalik Marko Milich bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi. Kuni kecha O'zbekiston futbolchilar Uyushmasi elektron pochtasiga PFL bosh direktori nomidan xat kelib tushdi. Unda "Buxoro" klubi ogohlantirilgan va yangi legioner PRO liga uchun ro'yxatdan o'tkazilmasligini ma'lum qilingan. Milich "Buxoro" safida maydonga tusha olmaydi, bu esa uning huquqini poymol qiladi. O'zbekiston futbolchilar Uyushmasi legionerlarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqi qo'yilgan klublarni yana bir bor ogohlantiradi: Shartnomaning 4.1.3 bandi bo'yicha klub futbolchini musobaqada ishtirokini taminlashi kerak. Agar bu talab bajarilmasa band buzilgan bo'ladi va futbolchi barcha pullarini undirish huquqiga ega.

So'nggi paytlarda FIFA tomonidan ko'plab klublarimizga sankciyalar qo'llanilmoqda. Shu bois klublarimiz rahbarlaridan kelajakni o'ylab ish qilishlarini so'rab qolardik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia