O'zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti Umid Ahmadjonov Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

6 yanv 2018, 13:40
O'zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti Umid Ahmadjonov va uning boshchiligidagi federatsiya a'zolari Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi va dastavval “So'g'diyona” stadionidagi sharoitlar bilan tanishdilar.





Umid Ahmadjonov akademiya tarbiyalanuvchilar bilan ham uchrashdi. Suhbat davomida yosh charm to'p ustalaridan ularga qanday sharoit yaratilganligi haqida ma'lumot olgan Umid Ahmadjonov ,kelajakda ulardan bo'lajak olimpiada va jahon chempionlari bo'lishlariga ishonchini ta'kidladi. Suhbatdan so'ng akademiya tarbiyalanuvchilariga to'plar sovg'a qildilar.






O'FF prezidenti ayollar jamoasi  mashg'ulotlariga ham tashrif buyurib,ularning faoliyati bilan ham tanishdilar. Tashrifi uchun minnatdorchilik bildirgan ayollar jamoasi  “So'g'diyona” super ligada ishtirok etishiga imkon berilsa,ular ham yuqori o'rinlar uchun kurasha olishlarini ishonch bilan takidlashdi. Suhbat so'nggida “So'g'diyona” ayollar jamoasiga to'plar sovg'a qilindi.




Kichik yosh toifasidagi futbolchilar bilan suhbat davomida Umid Ahmadjonov ko'zlari porlab turgan bu yosh charm to'p ustalariga jahonga mashxur futbolchilar yetishib chiqishlariga ishonch bildirdilar va ularga ham to'plar sovg'a qilindi.





O'FF prezidenti “So'g'diyona”futbol akademiyasi uchun ajratilgan sobiq BO'SM ga ham tashrif buyurdi va u yerdagi kamchiliklarni ko'zdan kechirib, ularni bartaraf etish buyicha federatsiya a'zolariga kerakli ko'rsatmalar berdi. Shuningdek, yangi barpo etilayotgan “So'g'diyona” akademiyasi qurilish ishlari bilan tanishdilar.



Umid Ahmadjonov“So'g'diyona” PFK qarorgohiga ham ko'zdan kechirdi. Mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan Aleksandr Mochinov boshchiligidagi futbolchilar mashg'ulotlarni kuzatdilar va futbolchilar bilan suhbatlashdilar.O'FF prezidenti “So'g'diyona” endilikda yuqori o'rinlar uchun kurashuvchi raqobatbardosh jamoaga aylanishi lozimligi ta'kidladilar.

Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Umid Ahmadjonov davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov xaykali poyiga gul qo'ydi . Shundan so'ng, O'FF a'zolari bilan birgalikda SH. Rashidov hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish maqsadida muzeyga tashrif buyurdi.


Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki ,Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Umid Ahmadjonovga Jizzax viloyat xokimi E.A Soliev hamrohlik qildilar va ular birgalikda Jizzax viloyat futbolini rivojlantirish Jizzaxda ham futbol bo'yicha yirik musoboqalar o'tkazishga kelishib olishdilar.

Tashrif so'nggida Umid Ahmadjonov Jizzax viloyat futboli va “So'g'diyona” jamoasining yurtimizda o'z o'rni bor ekanligini ta'kidlab, O'zbek futboli rivoji uchun munosib hissa qo'shayotgan  barcha jizzaxliklarga minnatdorchilik bildirdilar.

Shu o'rinda biz ham Umid Ahmadjonov va O'FF xodimlariga tashrifi uchun minnatdorchilik bildiramiz va futbol rivoji uchun qilayotgan mehnatlari hamda faoliyatlariga omad tilab qolamiz.


So'g'diyona matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Manba: www.fcsogdiana.uz