

Mazkur bahsda Falastin terma jamoasi yarim himoyachisi Mahmud Abu Varda ishtirok eta olmaydi. Sababi futbolchi Yaman bilan uchrashuvning 34-daqiqasida qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.
1995 yilda tug'ilgan Mahmud Abu Varda terma jamoa safida hozirga qadar 5ta o'yinda maydonga tushgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Falastin uchrashuvi 19 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da boshlanadi.




