O'zbekiston Eronga qarshi qanday libosda maydonga tushishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
24 mar 2025
O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga JCH-2026 saralashi doirasida Eronga qarshi o'yin o'tkazadi.

Bugun ushbu bahs oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.

O'zbekistonlik futbolchilar mazkur bahsda to'liq ko'k, darvozabon esa yashil libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати