O'zbekiston - Eron o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

Xayrulla Xoliqov
20 avg 2020, 12:36
O'zbekiston va Eron milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini 7 sentyabrdan 7 oktyabrga ko'chgani haqida xabar bergandik.

Lekin Tehrantimes.com sayti yozishicha, o'yin bekor qilingan va bu yil hisobidan o'tkazilmaydi. Saytdagi xabarda shunday deyiladi: O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi FIFA taqvimida o'zgarish yuzaga kelgani hamda koronavirus pandemiyasi sababli bekor qilindi. Bu borada har ikki tashkilot futbol rahbarlari yakunda bir to'xtamga kelishdi. 

Avvalroq Eronning 3 sentyabr kuni bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan Suriyaga qarshi o'yini ham bekor qilingandi. JCH-2022 saralash bashlari 2021 yilda davom ettirilishi inobatga olinib, Eron terma jamoasi hozircha o'rtoqlik o'yini o'tkazmaydi.

Lekin hozircha bu borada O'FA rasmiy ma'lumot bergani yo'q. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com