

2017 yilgi O'zbekiston Chempionati bahslari 3 mart kuni start oladi.
O'zbekiston Chempionati va Kubogi bahslarini stadiondan turib yoritishni maqsad qilgan OAV xodimlari 2017 yilning 2-15 fevral sanalari oralig'ida akkreditatsiya zayavkasini O'zPFL matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo'natishlari kerak. Akkreditatsiya zayavkasi namunasi va talablari bilan O'zPFL rasmiy saytining Hujjatlar bo'limidagi Akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi faylini ko'chirib olish orqali tanishish mumkin.
Ma'lumot o'rnida, 2013 yildan O'zPFL Matbuot xizmati tomonidan Akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi ishlab chiqilgan bo'lib, unda jurnalistlarga akkreditatsiya berishda ular ishlaydigan OAVning muhimlik darajalari belgilab chiqilgan. Jumladan, O'zbekiston qonunchiligiga asosan ro'yxatdan o'tgan va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo'lgan sportga ixtisoslashgan internet-nashrlarining muhimlik darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi.



