
“B” guruhi 1-turida Sherali Boboqulov shogirdlari Gonkong termasiga qarshi bahs olib bordi.
Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahridagi Kim II Sung Stadium maydonida bo'lib o'tgan o'yinda O'zbekiston ayollar terma jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Lyudmila Karachik hisobni ochgan bo'lsa, 80-daqiqada Chyong Vam Ki muvozanatni tikladi.
O'yinning so'nggi daqiqalarida Dildora Nozimova tomonidan kiritilgan gol Sherali Boboqulov jamoasiga g'alaba keltirdi. “B” guruhdagi dastlabki o'yinda mezbonlar – KXDR ayollar termasi Hindiston darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi.