O'zbekiston ayollar termasi FIFA reytingida nechinchi o'rindaligini bilasizmi?

Narzulla Saydullayev
15 dek 2017, 14:53
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ayollar terma jamoalarining yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston ayollar terma jamoasi 1557 ochko bilan 41-o'rinni band etdi.

OFKga a'zo terma jamoalari orasida Avstraliya ayollar terma jamoasi 2030 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Jahon reytingida bu jamoa hamon 4-pog'onada bormoqda.

Yaponiya ayollar terma jamoasi 1967 ochko bilan Osiyoda ikkinchi (dunyoda oltinchi) bo'lsa, KXDR ayollar termasi 1948 ochko bilan uchinchi (dunyoda o'n birinchi) o'rinni egallab turibdi.

O'zbekiston ayollar termasi yuqoridagi terma jamoalardan tashqari Janubiy Koreya (1868), Xitoy (1861), Tailand (1668), va Vetnam (1652) keyin Osiyoda 8-pog'onani egallab turibdi.

Jahon reytingida AQSH ayollar termasi (2114) hamon peshqadamlik qilmoqda. Germaniya (2052) ikkinchi, Angliya (2033) uchinchi o'rinda bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia