

Maxliyo uzoq yillar davomida “Sevinch” klubida faoliyat olib borgan. Shuningdek, 2012 – 2014 yillarda Qozog'izston ayollar futbol klublarida ham to'p surgan. U muntazam ravishda turli yoshdagi ayollar terma jamoalariga jalb etilib kelinadi.
Dubay shahrining “Al-Vahda” klubi Maxliyoga avval ham taklif bilan chiqqan, biroq 2010 yilda ushbu transfer amalga oshmagan edi. Endi esa u va klub o'zaro kelishuvga erishdi. Shu tariqa Maxliyo Sarikova xorijda to'p suradigan dastlabki o'zbekistonlik ayol futbolchiga aylandi.



