Ozarbayjonlik futbolchi APL klubiga o'tdi

Eldor Akmurzayev
6 avg 2019
Portugaliyaning Eshtoril-Praya klubi forvardi Renat Dadashov Vulverxempton a'zosiga aylandi.

Tomonlar 4 yillik kelishuvga erishgan bo'lib, 20 yoshli futbolchi shartnomaning birinchi yilini ijara asosida Pasush de Ferreyra jamoasida o'tkazadi. 

Dadashov Ozarbayjon termasi safida uchta o'yin o'tkazishga ulgurgan. U Germaniya fuqaroligini ham olgan bo'lib, ushbu mamlakatning yoshlar jamoalarida harakat qilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Wolves