Oz qoldi! Ibra qaytmoqda

Mirjalol Normatov
26 dek 2019
Hujumchi Zlatan Ibragimovich erkin agent sifatida "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.

38 yoshli shvetsiyalik futbolchi Milan klubiga o'tishga roziligini berdi. Bu haqda Janluka di Marcio xabar bermoqda.

Transfer bugun tunda yoki ertaga tongda rasmiylashtiriladi. Ibragimovich 2020 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolaydi va buni yana 1 yilga uzaytirish imkoni bo'ladi.

Zlatan 2010-2012 yillarda "Milan" tarkibida harakat qilgan. U so'nggi jamoasi bo'lib turgan "Los-Anjeles Gelaksi" tarkibida 2019 yilgi mavsumda 31 o'yinda 31 gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia