O'yindan so'ng yaponiyalik futbolchilar kiyinish xonasini chinnidek qilib tozalashdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2018, 12:27
Yaponiya terma jamoasi muxlislari o'z sevimlilarining o'yinidan so'ng tribunani tozalab ketishiga ko'nikib qoldik.

Belgiya terma jamoasiga qarshi JCH-2018 1/8 final o'yinidan so'ng ishqibozlar yana o'z madaniyatini ko'rsatishdi. Bundan tashqari, futbolchilar ham kiyinish xonasini chinnidek qilib tozalab ketishdi.

Stadion vakillari xonaga kirganida quyidagi yozuv stol ustida turgan edi: "Rahmat, Yaponiya".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru