Oybek Rustamov: "Hozirgi kunda "Qo'qon-1912" uchun har bir ochko muhim..."

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2019, 13:00
Superliganing 12-tur uchrashuvini “Qo'qon-1912” jamoasi safarda “So'g'diyona”ga qarshi o'tkazadi.

Bugun Jizzax shahrida bo'lib o'tadigan o'yindan oldin Qo'qonliklar himoyachisi Oybek Rustamov o'z fikrlarini quyidagicha bayon qildi.

- Hozirgi kunda biz uchun har bir ochko muhim, turnir jadvalida turgan o'rnimiz shuni taqozo qiladi. Shuning uchun bugun Jizzaxda faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushamiz. Bundan boshqa natija bizni qoniqtirmaydi. Muxlislarimiz ham bizdan g'alaba kutib turganlari aniq. Jamoamiz muxlislar oldidagi ishonchni yana qaytarishi kerak. Buning uchun esa maydonda bor kuchimizni berib ishlashimizga to'g'ri keladi, - dedi Oybek Rustamov.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz